Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



BELARUS MILLIY TEXNIKA UNIVERSITETI REKTORI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI


Bugun Belarus milliy texnika universitetining rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich boshchiligida delegatsiya aʼzolari, jumladan, BMTU Xalqaro hamkorlik fakulteti dekani Shirvel Pavel Ivanovich, rektor maslahatchisi Ponasenko Andrey Svyatoslavovichlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar universitet rektori Baxrom Abdullayev va prorektorlar tomonidan iliq kutib olindi. 

Dastlab ikki universitet uchun birday manfaatli boʻlgan hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokaralar olib borildi. Aytish joizki, Belarus milliy texnika universiteti bilan 2020-yildan buyon hamkorlik aloqalari mavjud boʻlib, tegishli yoʼnalishlar boʼyicha professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvlari, qoʻshma taʼlim dasturlari, Erasmus+ loyihasi doirasidagi aloqalar shular jumlasidandir. 

Uchrashuv davomida tomonlar qo'shma ta'lim, oʼquv, ilmiy va innovatsion faoliyatda aloqalarni kengaytirish borasida shartnoma imzolashga kelishib olishdi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston va Belarus Respublikasi xalqlari o‘rtasidagi uzoq muddatli do‘stlikni yanada mustahkamlashga poydevor yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Ulashish