Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



BMTU REKTORI, TEXNIKA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR XARITONCHIK SERGEY VASILEVICHGA "URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING FAXRIY PROFESSORI" UNVONI BERILDI


 

Bugun Belarus milliy texnika universitetining rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich boshchiligida delegatsiya aʼzolari hamda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet kengashi aʻzolarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki tomon oʻrtasida taʼlim, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni mustahkamlash va aloqalarni kengaytirish maqsadida tenglik, o'zaro manfaat va samaradorlik tamoyillari asosida shartnoma imzolandi. 

Mazkur shartnoma Urganch davlat universitetida BMTU - UrDU qo'shma ilmiy-ishlab chiqarish markazini yaratish, fan va texnikaning innovatsion yutuqlarini o‘quv jarayoniga joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash bo'yicha strategik rejalarni ishlab chiqish, yangi innovatsion mahsulotlarni yaratish, qo'shimcha shartnomalar  asosida yangi texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar, loyihalarni joriy etish singari qator istiqbolli munosabatlarni koʻzda tutadi.

Shundan soʻng, BMTU rektori, texnika fanlari doktori, professor Xaritonchik Sergey Vasilevichning ilm-fan va oliy ta’lim oldidagi xizmatlari, universitetlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qo'shayotgan ulkan hissasi UrDU rektori B.Abdullayev tomonidan alohida e'tirof etilib, minnatdorchilik bildirildi va universitet Ilmiy kengashining 2023-yil 20-noyabrdagi qarori bilan Xaritonchik Sergey Vasilevichga "URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING FAXRIY PROFESSORI" unvoni berildi. 

Delegatsiya aʻzolari va universitet rahbariyatining uchrashuvi davomida BMTU rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich taqdimot qilib, oʻz nutqida Belarus milliy texnika universitetining bugungi kundagi faoliyati bilan kengash aʻzolarini yaqindan tanishtirtdi. 

Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovgʻalar taqdim qilindi. 

Ulashish: