Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish – davr talabi


Bugun, 20-noyabr kuni Urganch davlat universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish – davr talabi” g'oyasi ostida “O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy  sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” va “Imom Buxoriy merosi- yot g‘oyalarga qarshi” mavzularida  ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri oʼtkazildi.

Unda UrDU rektor maslahatchisi R.Sharipov, Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Sh.Allaberganov, universitet tyutorlari hamda barcha fakultetlardan talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy - tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev mehmon boʼlib, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy  sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimiz boy ilmiy-ma’naviy merosi va axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, yoshlar orasida diniy tafakkurni toʼgʼri shakllantirish to’g’risida maʼruza qildi. Uchrashuv davomida talaba – yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Tadbir yakunida markaz tomonidan nashr etilgan  Imom Buxoriy asarlari universitet kutubxonasiga sovg'a qilindi. 

 

Ulashish