Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



SUV – TEKIN EMAS!


Suvning inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirishga hojat yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda, suv – hayot. Shunday ekan, bu bebaho ne’matdan to‘g‘ri foydalanib, uni isrof qilmaslik har bir fuqaroning burchidir.

Bugun Urganch davlat universitetida “Suv–tekin emas” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi  boshqaruvi raisining maʼsul yordamchisi U.Rahmatov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Suv muammolari ilmiy tadqiqot markazi direktori O.Eshjanov, shuningdek, bir guruh mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar hamda Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev, univesitetning ushbu soha olimlari, professor-oʼqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarda suvning inson hayotidagi ahamiyati, suvni isrof qilmaslik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, Xorazm viloyatida suv muammolari bo‘yicha olib borilayotgan dolzarb islohotlar, suvni tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish, viloyat irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish va ularning samaradorligi, ularni joriy qilish tartibi hamda davlat tomonidan  uni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. 

Ulashish