Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Milliy maqom sanʼati” festivali


Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi.

O‘zbek maqom san’atini chuqur o‘rganib, o‘ziga xos ijro maktablarini ravnaq toptirish, uning «oltin fondi"ni boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ‘ib qilish bugungi kunda soha jonkuyarlarining oldida turgan dolzarb masala sanaladi.

Bugun Urganch davlat universitetida boʻlib oʻtgan “Milliy maqom sanʼati” festivali ham aynan shu maqsadga xizmati qiladi.  Festivalda Sport va sanʼat fakultetining professor-oʻqituvchilari va iqtidorli talabalari jonli ijrodagi milliy maqom namunalari bilan ohang, kuy va soʼz sehri orqali oʼzbekona madaniyatning yuksak qiyofasini namoyish qildilar.

Ulashish