Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!


Bugun Urganch davlat universitetida 8-dekabr - Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati  “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori,  yu.f.d. M.Nurmatov, Ombudsmanning Xorazm viloyati mintaqaviy vakili O.Olloyorov, UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan natijalarning mustahkamlanishida Konstitutsiyaning o‘rni va roli katta ekanligi ta’kidlandi. Mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Inson huquqlari” deklaratsiyasi mohiyati haqida talabalarga maʼlumotlar berildi. Tadbir davomida talabalarning huquqiy bilimlari sinovdan o'tkazildi.

Ulashish