Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida suv xoʻjaligi sohasi boʻyicha yoʻnalish ochiladi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori UrDUda


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 29-noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida Xorazm viloyatidagi oliygohlarda suv xoʻjaligi sohasi boʻyicha yoʻnalish ochish haqida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun, 7-dekabr sanasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev Urganch davlat universitetiga keldi.

Dastlab “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev bilan uchrashuvda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida prorektorlar, Fizika-matematika, Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari, Texnika hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetlari professor-oʻqituvchilari, rahbar xodimlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda rektor B.Mirzayev qishloq va suv xo’jaligi sohasida hamkorlikda kadrlar tayyorlash va universitetlar nufuzini oshirish boʻyicha tajriba almashinuv borasida taqdimot qildi. Nutqi davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining tajribasi bilan yaqindan tanishtirar ekan, metodik yordam koʻrsatish, ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish mexanizmlari haqida oʻzaro manfaatli takliflar bildirdi.

Shundan soʻng, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda Urganch davlat universiteti o’rtasida qishloq va suv xo’jaligi tarmog’i uchun kadrlar tayyorlash, soha bo’yicha ilm-fanni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish istagi bildirilgan holda, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni tashkil etish maqsadida Memurandum imzolandi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg’alari ulashdilar.

 

Ulashish