Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” ga bag’ishlangan forum tashkil etildi.


Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo’limi boshlig’i H.Shihova, fakultetlarning dekan muovinlari, tyutorlar hamda universitet talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirda oylik doirasida universitetda amalga oshirilgan ishlar xususida so’z yuritildi. Hozirda korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosda boʻlgani kabi respublikamizda ham dolzarb masala ekanligi tilga olindi. Bu boradagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, targʻibot ishlarining ahamiyati, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasidagi jarayonlar eʼtirof etildi.

Forumda “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida tashkil etilgan turli tanlov, musobaqa, bellashuv va “Zakovat” o’yinlari g’oliblari eʻtirof etilib, munosib taqdirlandi.

Ulashish