Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O’ZBEKISTON- TURKIYA TARIXCHILARI UCHRASHUVI


Bugun, 13-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti “O’zbekiston-Turkiya tarixchilari uchrashuvi” seminariga mezbonlik qilmoqda.

Aytish joizki, O‘zbekiston –Turkiya ikki qardosh xalq tarixan bir-biriga yelkadosh, maslakdosh bo‘lib kelgan. Ayniqsa, O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixiga turk olimlarining qiziqishi, tariximizning ochilmagan sahifalarini yangi ilmiy yangiliklar bilan boyitishda katta hissa qo‘shishga intilayotganligi azaliy doʻstlik aloqalarini ilmiy jihatdan yanada mustahkamlamoqda.

Seminarda Turkiyaning Istanbul universitetidan Prof. Dr. Dincher Koch va Kurshat Yildirim, Istanbulning Aydin universitetidan Doc.Dr. Elvin Yildirim hamda Anqaraning Yildirim Boyazit universitetidan Doc.Dr. Tuba Tombulo‘g‘lu ishtirok etmoqda. Shuningdek, xalqaro tarixchilar uchrashuvida  viloyatimizning tarixchi tadqiqotchilari hamda Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti professor-o’qituvchilari, “Tarix” kafedrasi olimlari  va fakultet talabalari qatnashmoqda. 

Uchrashuvning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev kirish so’zi bilan ishtirok etib, o’z nutqida Turkiyada O’rta Osiyo tarixiga qiziqish kuchli ekanligiga alohida urgʻu berdi. Ushbu anjumanda ishtirok qilayotgan turk olimlari nafaqat ishtirokchi balki, bu sohadagi mustahkam hamkorlar bo’lib, tariximizning ochilmagan sahifalarini yangi ilmiy yangiliklar bilan boyitishda katta hissa qo’shishayotganini qayd etdi. So'zi yakunida barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirgan holda, konferensiya ishiga omad tiladi.

Tarixchi olimlarning uchrashuvi turkiyalik mehmonlarimizning “Turkiyada Islomdan oldingi turk tarixi tadqiqoti”, “Turkiyadagi Xorazmshohlar va Temuriylar haqidagi tadqiqotlar”, “Turkiyada O’rta Osiyo arxeologiyasi bo’yicha tadqiqotlar” va “Turkiyadagi Turkiston xonliklari haqidagi tadqiqotlar” mavzulari yuzasidan olib borilgan izlanishlar haqidagi keng ko’lamli maʼruzalari bilan davom etdi. 

Ulashish