Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetining qish mavsumiga tayyorlik holati o′rganildi


Bugun Xorazm viloyati IIB boshlig′i o′rinbosari, polkovnik Jahongir Sa′dullayev Urganch davlat universitetida bo′lib, universitet mas′ullari hamrohligida oliygoh lokal qozonxonasining ish faoliyati va talabalar turar joyining qish mavsumidagi holatini o′rgandi. 

O′rganishlar davomida isitish tizimlari, elektr energiyasi ta’minoti, issiq-sovuq suvning uzliksiz ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Texnika vositalarining sozligi ko‘zdan kechirildi. Oʻrganish davomida uchragan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan TTJ ning mas’ul xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Ulashish