Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Texnika fakultetida "Rektor va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi


Bugun, 21-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev grafik asosida Texnika fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Unda birinchi prorektor D.Ibadullayev, fakultet dekani M.Qurbonov, dekan muovinlari va tyutorlar ishtirok etishdi.

Samimiy va ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda rektor universitetimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga Texnika fakulteti misolida to’xtalib, talabalarni ulardan unumli foydalanishga chaqirdi. Faqat va faqat yaxshi ilm olish va ma’rifat izlash kerakligi, chunki bilimli yoshlar yurt kelajagi ekanligi taʼkidlab o’tildi. Shuningdek, uchrashuvda poyoniga yetib borayotgan 2023-yil mobaynida universitetda erishilgan yutuqlar atroflicha e’tirof etildi. 

Rektor bilan ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda talabalar oʼzlarining fikrlari, takliflari hamda qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.

Ulashish