Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mo’jizaviy Yangi yil!


Bugun, 21-dekabr kuni Yangi yil bayrami Xorijiy filologiya fakultetida ham yuqori saviyada keng nishonlandi. 

Dastlab fakultet dekani Z.Jumaniyozov talaba-yoshlarga oʻzining  samimiy tilaklarini bildirib, bayram karnavalini ochib berdi. “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o’qituvchi va talabalari tomonidan tayyorlangan “Mo’jizaviy Yangi yil” nomli bayram kechasida barcha orziqib kutayotgan yangi yil shukuhini ulashish va uning tarovatini to’laligicha his qildirish maqsadida ko’ngilochar sahna ko’rinishlari, musiqiy va badiiy chiqishlar, yangi yil hazillari, Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari qiyofasidagi  sahnalashtirilgan chiqishlar tomoshabinlarga taqdim etildi. Kecha barchaga birdek xushkayfiyat va tabassum ulashdi. 

Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlaymiz, azizlar!

Ulashish