Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Novosibirsk davlat texnika universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi


Joriy yilning 21-dekabr kuni Urganch davlat universitetiga Rossiyaning TOP 1000 talikka kirgan Novosibirsk davlat texnika universiteti O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Chernov Sergey Sergeyeyevich va Qabul boshqarmasi boshlig‘i Borovika Darya Vladimirovna tashrif buyurdi. 

Mehmonlar bilan uchrashuvda UrDU rektori B.Abdullayev, O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Gʻ.O‘razboyev va Texnika fakulteti dekani M.Qurbanovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Chernov Sergey Sergeyeyevich Novosibirsk davlat texnika universiteti ta’lim dasturlari va fakultetlari haqida ma’lumotlar berdi. Novosibirsk davlat texnika universiteti eng katta universitetlardan biri ekanligi, inklyuziv ta’lim, axborot texnologiyalari, matematika va elektronika sohalari ustuvorligi aytib o‘tildi. Shuningdek, UrDU rektori Baxrom Abdullayev tomonidan ham universitetning xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalari, ta’lim yo‘nalishlari va fakultetlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda talabalar uchun yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, universitet professor-o‘qutuvchilarining malakasini Novosibirsk davlat texnika universitetida oshirish, Novosibirsk davlat texnika universitetidan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, hamkorlikda ilmiy konferensiya va qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasi oʻlaroq, universitetlar o‘rtasida ta’lim, fan, texnologiya sohasida akademik mobillik bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ulashish