Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Qishki ta’tilga joʻnab ketuvchi qashqadaryo va surxondaryolik talabalar uylariga kuzatilib qoʻyildi


Hozirda Urganch davlat universitetida 103 nafar talaba Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelib, bakalavriatning kunduzgi boʻlimida tahsil olmoqda. Ularga qulaylik yaratish va doimiy yashash joylariga betalofat yetib borishlarini taʼminlash maqsadida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev tashabbusi bilan Xorazm viloyatidan  Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga toʻgʻridan toʻgʻri poyezdlar qatnovi yoʻqligi inobatga olinib, avtobusda eltib qoʻyish yoʻlga qo’yildi va talabalarimiz uylariga kuzatildi.

Kuzatuv marosimida talabalar bilan UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda tyutorlar suhbatda boʻldilar. Talabalarga oq yo’l tilab, o’z uylariga, yaqinlarining oldiga betalofat borib, yangi yil bayramini yaxshi o’tkazishlarini tiladilar.

 

Ulashish