Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bir guruh xodimlarga bayram sovgʻalari ulashildi


Yangi yil bayrami munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev va universitet Kasaba uyushma qo'mitasi raisi Q.Xamrayevlar universitetda uzoq yillardan beri mehnat qilayotgan bir guruh  ko'p bolali, ijtimoiy himoyaga muhtoj va faxriy xodimlar bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida bo’lib o’tgan uchrashuvda universitet rektori B.Abdullayev xodimlarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, oilalariga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tiladi. Yangi 2024-yil ham omadli va ulkan zafarlarga boy yil bo’lishini tilab, har doim ularga muammo va murojaatlarini tinglash va koʻmaklashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv so'nggida rektor xodimlarning farzandlari uchun yangi yil sovg'alarini ulashdi.

Ulashish