Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari boshlandi


Uchrashuvlardan maqsad oʻtib borayotgan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarni har bir fakultet misolida sarhisob qilish hamda yangi yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni muhokama qilib, tegishli koʻrsatmalar berishdan iborat.

Bugun, 29-dekabr kuni rektor B.Abdullayev Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi bilan uchrashdi. Unda fakultet dekani I.Abdullayev boshchiligida fakultetning barcha professor-oʻqituvchilari va tyutorlari ishtirok etdi. 

Uchrashuv avvalida rektor jamoani kirib kelayotgan Yangi yil bilan qizgʻin tabrikladi. Fakultetning oʻziga xos yutuqlarini qayd etib, o'tib borayotgan yil davomida faol mehnat qilgan pedagoglarni e'tirof etdi.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati yuzasidan qilingan ishlarni tahlil qilindi, shuningdek, taʼlimni sifatli tashkil etish, pedagoglarni chet tili bilish koʻnikmasini oshirish borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Aytish joizki, bugungi kunda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetda jami 6517 nafar talaba tahsil oladi. Hozirda mavjud 7 ta kafedrada asosiy shtatda 123 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritishadi.  Fakultet ilmiy salohiyati  45,2 % ni tashkil qiladi. 2023-yilda  2 nafar professor, 3 nafar fan doktori, 8 nafar falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilindi. 

Ulashish