Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor uchrashuvlari davom etmoqda


Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Xususan, joriy yilning 4-yanvar kuni rektor B.Abdullayev Oʻzbek filologiyasi, Xorijiy filologiya, Fizika-matematika va  Pedagogika fakultet jamoalari bilan uchrashdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibodullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda fakultet dekanlari boshchiligida barcha professor-oʻqituvchilar va tyutorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvlarda 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar fakultetlar misolida sarhisob qilinib, yangi yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama etildi. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati yuzasidan qilingan ishlarni tahlil qilindi, shuningdek, taʼlimni sifatli tashkil etish, Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar chop qilish borasida tegishli topshiriqlar berildi. Bu borada faxriy ustozlarining fikrlari tinglandi.

Ochiq va samimiy muloqot shaklida o’tgan uchrashuvda barcha o’zining fikr va mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Ulashish