Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Zakovat" intellektual o'yini 2019-yilgi qishgi mavsumning so'ngi 14-tur FINAL o'yini bo'lib o'tdi


Bugun Talabalar Turar Joyi binosi Axborot resurs markazining 2-o'quv zalida "Zakovat" intellektual o'yini 2019-yilgi qishgi mavsumning so'ngi 14-tur FINAL o'yini bo'lib o'tdi. Qizg'in kurashlarga boy ruhda o'tgan final o'yinida muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritgan Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Ilhom Babajanov sardorligidagi "ReMIX" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shu tariqa ushbu jamoa so'ngi uch yil davomidagi barcha mavsumlarda chempionlikni qo'lga kiritgan holda yana bir bor o'z rekordini yangilashga muaffaq bo'ldi.

Final so'ngida "UrDU Zakovat Klubi" sardori Ilhom Babajanov va "Zakovat" intellektual o'yini Xorazm viloyat kardinatori Azamat Matkarimovlar ishtirokida tagdirlash marosimi o'tkazildi. G'olib jamoalar Urganch davlat universiteti tomonidan taqdim etilgan kitoblar, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Tadbirda shuningdek ARM xodimi S. Allaberganova ishtirok etdi.

Ulashish