Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Taniqli yozuvchi va jurnalist Ahmadjon Meliboyev UrDUda mahorat darsi oʻtdi


Joriy yilning 2-may kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O'zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan taniqli jurnalist, yozuvchi, jamoat arbobi Ahmadjon Meliboyevning mahorat darsi tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, taniqli ijodkorlar hamda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, O'zbek filologiyasi fakulteti dekani D.Gʻayipov, fakultet professor-o'qituvchilari va universitet talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Taniqli yozuvchi Ahmadjon Meliboyev talabalar bilan bo‘lgan samimiy muloqotda o‘z bosib o‘tgan hayot yo‘li, kasb mashaqqati va uning sharafi xususida to‘xtaldi. Nutq madaniyati, notiqlik sanʼati, nutqimizda uchrayotgan so‘zlardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari, shuningdek, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish borasida mulohazalar bildirdi. Oʻzining hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashib, talabalarga zarur tavsiyalar berdi.

Mahorat darsi davomida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i Farog'at Xudayqulova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi boshlig'i Gavhar Ibodullayevalarning ham maʼruzalari tinglandi.

Uchrashuv yakunida O'zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G'ayipov mahorat darsi uchun tashrif buyurgan mehmonlarga o'z minnatdorligini bildirdi.

 

Ulashish