Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O'zbek filologiyasi fakultetida xotira kechasi bo'lib o'tdi


Joriy yilning 8-may kuni Urganch davlat universitetida O'zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan 9-May – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Fazilat Ibrohimova tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi o'tkazildi.

Tadbir davomida Fazilat Ibrohimovaning ilmiy va pedagogik faoliyati, tilshunoslik sohasiga qo'shgan hissasi, beqiyos fazilatlari ma'ruzachilar tomonidan ta'riflandi.

O'zbek filologiyasi fakulteti talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan F.Ibrohimova hayoti va ijod yo'li yoritilgan taqdimot namoyishi, ifodali she'rlar, ustoz hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati aks etgan sahna ko'rinishi, go'zal raqslar barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida O'zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G'ayipov ustozni xotirlab, barchaga o'z minnatdorligini bildirdi.

Ulashish