Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitetimiz faxriy ustozi Onaxon Jumanazarovaning ulug’ 70 yosh yubileyi nishonlandi


Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liq” deganda o’qituvchilar zimmasida juda buyuk mas’uliyat turganini nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama yetuk va barkamol, ma’nan va axloqan pok, vatanparvar va insonparvar avlodlarni tarbiyalashda ustozlarning o’rni beqiyosdir.

Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida 15-may - “Xalqaro oila kuni” doirasida o’qituvchilarga ehtirom sifatida uzoq yillar mobaynida Fizika-matematika fakulteti “Kompyuter ilmlari” kafedrasida samarali mehnat olib borgan katta o'qituvchi Onaxon Jumanazarovaning ulug’ 70 yoshni qarshilagani munosabati bilan tantanali tabrik tadbiri tashkil etildi. 

Unda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, prorektorlar, universitetning bir guruh faxriy professor-o’qituvchilari, ustozning zamondosh doʻstlari, yaqinlari, shogirdlari hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida universitet rektori B.Abdullayev nutq so’zlab, ustozni samimiy qutladi, universitet o’quv va ilmiy jarayonlariga qo’shgan ulkan hissalari uchun tashakkur bildirdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar Onaxon Jumanazarovaning hayot yo’li, mehnat faoliyati davomida qilib kelayotgan jonkuyarliklari, universitet o’quv va ilmiy jarayonlariga qo’shgan ulkan hissasi va insoniy fazilatlari haqida so’zlab, ustozga bo’lgan o’z minnatdorchiliklarini va samimiy tilaklarini izhor etishdi. Talabalarning she'riy chiqishlari, kuy-qo’shiqlari esa ustoz uchun ajoyib bayramona tuhfa bo’ldi.

Ulashish