Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Talabalar festivali – 2024” haftaligiga bag’ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi


Bugun Urganch davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida o’tkazilishi rejalashtirilgan “Talabalar festivali – 2024” haftaligiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Unda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, birinchi prorektor D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov,  yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovinlari, tyutorlar va faol talabalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Talabalar festivali-2024” ga bag’ishlangan matbuot anjumanida mazkur festivalni yuqori saviyada tashkil etish, loyiha dasturida belgilangan sport musobaqalari va intellektual o’yinlar hamda ko’rik-tanlovlar to’g’risida atroflicha so'z yuritildi.

Ulashish