Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Talabalar festivali-2024” haftaligining 2-kuni boʻlib o'tdi


14-may kuni “Talabalar festivali-2024” haftaligi doirasida “Zakovat” va “Munozara” intellektual o’yinlari, “QVZ”, “Talabalar ovozi” va “Mushoira” ko’rik-tanlovlari hamda “Kibersport” musoboqalari o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, “Munozara” o’yini universitetimiz talabalari o’rtasida qizg’in baxs-munozaralarga boy tarzda o’tdi. Shuningdek, haftalig doirasidagi navbatdagi “Mushoira” ko’rik-tanlovi universitet ARM binosida bo’lib o’tdi. Tanlovda she’riyatga oshno talaba-yoshlar oʻzaro kuch sinashdilar.

Kunning ikkinchi yarimida loyiha doirsida “Zakovat” Intellektual o’yinlari bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, ushbu “Zakovat” Intellektual o’yinlari ingliz tilida olib borildi. Unda 16 ta jamoa g‘oliblik uchun qizg’in baxs olib borishdi. 

Shu bilan birga, Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Talabalar festivali -2024” loyihasi doirsida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o’tkazildi. Tadbirni universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berdi. Unda universitetning barcha jamoalari ishtirok etishdi. Ayniqsa, Xorijiy filologiya fakultetining “Xorijlik o’zbeklar” hamda Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetining “Oliftalar” jamoalarining chiqishlari barchaga manzur bo’ldi. 

Shundan so’ng, Kimyoviy texnologiyalar fakultetining “Iqtidor” teatr jamoasi tomonidan sahna ko’rinishlari ham namoyish etildi. 

 

Ulashish