Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela universiteti professori UrDUda


 Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela universiteti professori, qolaversa, ko‘plab loyihalar dasturlari koordinatori Dolors Sabate Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobilligi loyihasi doirasida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. 

Tashrifning ilk kunida universitetlarimiz hamkorliklari doirasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirokida akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev hamda Xorijiy filologiya fakulteti rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilib, atroflicha muhokama qilindi. Kelgusida yo'lga qo'yiladigan akademik almashinuv va ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan rejalar to'g'risida fikrlar almashildi. 

Tashrif davomida professor Dolors Sabate Xorijiy filologiya fakulteti kafedralarida Erasmus+ dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarga seminar-treninglar olib borish, zamonaviy metodika namunalari bilan tanishish, tajribalarni amalda qo‘llash hamda kafedraning professor-o‘qituvchilariga yangi interaktiv metodlar bo‘yicha master-klasslar olib borish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela universiteti dunyo reytingida yuqori o'rinlarni egallagan universitetlar qatorida turadi.

Ulashish