Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI


Bugun, 21-may kuni Urganch davlat universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida Xorazm viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Umurzakov bilan uchrashuv tashkil etildi.  Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim-tarbiyaviy ishlar, talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni etirof qildi va yoshlarni ko’proq ilm olishga chorladi.

Uchrashuvda viloyat hokimi o’rinbosari M.Umurzakov mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, yoshlarni bilim olib, ma’naviy kamolotga erishishlari muhim davr talabi ekanligi, Islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlari singari masalalar yuzasidan maʼruza qilib, talaba-yoshlar din niqobi ostidagi turli yot gʻoyalardan ogoh boʻlishga chaqirildi.

Shuningdek, ushbu uchrashuv universitet rahbariyati hamda barcha fakultet dekanlari bilan ham davom etib, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish, talaba-yoshlarni ogohlikka chorlash va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalari bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

Ulashish