Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mahalla yoshlari uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi


Avval xabar berganimizdek, Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev oʻziga biriktirilgan Urganch tumani “O‘rta do‘rman” mahallasi yoshlarini hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlashga hissa qoʻshish, kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida yoshlar bilan uchrashib, muammolarini oʻrgandi. Yoshlar bilan uchrashuvlarda rektor tomonidan mahalla qoshidagi 4-son maktabda  nafaqat oʻziga biriktirilgan yoshlar, balki ushbu maktab oʻquvchilari uchun ham bepul fan toʻgaraklarini tashkil etish bildirilgan edi. 

Taʼkidlanganidek, “O‘rta do‘rman” mahallasining 4-son maktabida  Urganch davlat universiteti rektori tashabbusi bilan koreys tili hamda IT yo’nalishlarida bepul to’garaklar tashkil etildi. Ayni paytda, mazkur toʼgaraklar kompyuter savodxonligi va koreys tiliga qiziqishi baland maktab oʼquvchilari bilan gavjum.  Ahamiyatlisi, toʻgaraklarda UrDUning ilmli, iqtidorli talabalari ustozlik qilmoqda. Talabalarimiz nafaqat yangi bilimlar berishmoqda, balki o’z aql-zakovatlari bilan maktab o’quvchilariga o’rnak ham bo’lishmoqda.

Bugun universitet rektori B.Abdullayev bir guruh masʼullar bilan ushbu maktabga borib, tashkil etilgan to’garaklar faoliyatining borishini kuzatdi va o’quvchilar bilan suhbatda boʻldi.  Suhbat chog’ida yoshlarni ko’proq ilm olishga, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda o’zlari tanlagan sohada yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun chin dildan harakat qilishga chorladi. Yoshlarning kelajakda yurtimiz istiqboliga munosib hissa qoʻshadigan inson bo'lib yetishishlariga tilak bildirdi. Samimiy oʻtgan muloqotda o'quvchilar va maktab maʼmuriyati ko'rsatilayotgan e'tibor va imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, minnatdorlik izhor qilishdi. 

Maʼlumot oʼrnida, yoshlar qiziqishidan kelib chiqib, ushbu maktabda boshqa fan toʻgaraklarini ham tashkil etish belgilangan.

Ulashish