Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O'zFA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktor o'rinbosari, filolologiya fanlari doktori, professor Asadov Maqsud Husenovich Urganch davlat universitetida mahorat darsi o'tdi


Joriy yilning 31-may kuni O'zbek filologiyasi fakultetida f.f.d, prof. M.Asadov tomonidan O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalariga "O'zbek navoiyshunosligining dolzarb masalalari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

Dars avvalida fakultet dekani D.G'ayipov olimning ilmiy faoliyati yuzasidan ma'lumotlarni qayd qilib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. 

Unda o'zbek navoiyshunosligi rivojiga katta hissa qo'shayotgan adabiyotshunoslar, bu tarmoqning o'zbek adabiyotshunosligidagi muhim o'rin egallaganligi borasida fikr-mulohazalar bayon qilindi.
 Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 

Dars yakunida D.G'ayipov olimga tashrifi uchun o'z minnatdorligini bildirdi hamda tashakkurnoma va esdalik sovg'alar topshirdi.

 

Ulashish