Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



CIMPA xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari Xiva “Ichan qal′a” bo'ylab sayohat qilishdi


Urganch davlat universitetida 2024-yilning 24-iyunidan  5-iyuliga moʻljallab tashkil etilgan CIMPA xalqaro yozgi maktabi ishtirokchilari bugun rejaga muvofiq qadimiy va navqiron Xiva shahri bo'ylab sayohat qilishdi.

AQSh, Yevropa Ittifoqi va Rossiyadan tashrif buyurgan 10 nafar yetuk matematik olimlar, shuningdek,  Amerika, Hindiston, Filippin, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Qozogʻistondan kelgan 30 nafardan ortiq tinglovchilar universitetimiz mas′ullari va gid hamrohligida Xiva shahrining "Ichan qal'a" me′moriy majmuasidagi ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik va muzeylar, yangi barpo etilgan obyektlar boʻylab  sayohat qildilar va boy tariximiz haqida qiziqarli ma′lumotlarga ega bo′ldilar.

Sayohat davomida koʻhna Xorazmning oʻziga xos asori atiqalari, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi buyumlar barcha mehmonlarning eʼtiborini jalb qildi. 

Bu kabi xalqaro konferensiyalar nafaqat ilm-fan, balki turizmni yanada rivojlantirishga ham o′zining munosib hissasini qo′shadi. 

Ulashish