Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni bo’lib o’tmoqda


Bugun Urganch davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar Cholg’u ijrochiligi: an’anaviy cholg’ular, Amaliy san’at: badiiy kulolchilik, Rangtasvir: dastgohli, Sport faoliyati: futbol, Sport faoliyati: voleybol, Sport faoliyati: erkin kurash, Sport faoliyati: og’ir atletika kabi yo’nalishlar uchun o’tkazilmoqda. Bugungi sinovlarda jami 150 nafar talabgor ishtirok etib, imtihonda eng yuqori ko’rsatkichlarni egallash uchun harakat qilishmoqda.

Sinovlarda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati ishtirok etib, imtihon sinovlarini kuzatib bormoqda.

Shuningdek, imtihonlarni adolatli va shaffof  oʻtkazishni ta‘minlash, turli noxush holatlarni oldini olish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi ham jarayonlarni nazorat qilib bormoqda. 

Farzandining ishtirokini kuzatish hamda ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida kelgan ota-onalarga soya-salqin kutish xonalarida onlayn kuzatish imkoniyatlari yaratilgan.

Ulashish