Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bugun ham 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda


Jarayonlarda Urganch davlat universitetining bir guruh professor-o’qituvchilari hamda volontyorlar jamoasi o’zlariga biriktirilgan binolarda faol ishtirok etib, sinovlarini sifatli, yuqori saviyada  tashkil etishda va abituriyentlarning ota-onalarining qabul yuzasidan savollariga javob berishda xizmat qilishmoqda. Shuningdek, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi ham kutish joylarida faol ishtirok etib, turli noxush hodisalarni oldini olish maqsadida ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib bormoqda. 

Test sinovlari kuniga ikki smenada boʻlib oʻtmoqda:
 – 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha;
 – 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha.

Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni  https://test2024.uz/ sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Ulashish