Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rossiya davlatiga xizmat safari


Joriy yilning 25-27 iyul kunlari Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻayrat Oʻrazboyev bilan birgalikda  Xorazm viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Rossiya davlatiga xizmat safarini amalga oshirmoqda. 

Delegatsiyamiz bugun Rossiyaning Volgograd viloyatiga tashrif buyurdilar. U yerda Volgograd viloyati oliy ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Volgograd davlat universiteti, Volgograd davlat agrar universiteti, Volgograd davlat texnika universiteti hamda Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universitetlarining rahbariyati ishtirok etishdi.  Oliygohlarning vakillari bilan kechgan rasmiy muloqotda har ikkala davlatning bugungi kundagi oliy ta’lim sohasidagi islohotlari va imkoniyatlari haqida atroflicha soʻz yuritildi.  Rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining imkoniyatlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorlik aloqalari bilan tanishtirib oʻtdi.

Oʻz navbatida, Volgograd viloyati oliy ta'lim muassasalari rahbarlari tomonidan ham oʻz universitetlari haqida tanishtiruv taqdimotlari taqdim etildi.  Uchrashuv doirasida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ilmiy-tadqiqot va ta'lim sohasida kelgusida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi. 

Ulashish