Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorijiy hamda nodavlat OTMlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda


Urganch davlat universitetining bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga xorijiy  hamda nodavlat OTMlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazilmoqda. 

Bugun 2024/2025-o’quv yili qabuli uchun Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti), Sport faoliyati (futbol) hamda Sport faoliyati (dzyudo) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o'qishini ko’chirish uchun ariza bergan 5 nafar talabgor ijodiy imtihonlarda ishtirok etmoqda. Jarayonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan kuzatib borilmoqda.

ESLATMA: kasbiy imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

Ulashish