Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Pedagogika, San’atshunoslik va Tabiiy fanlar fakultetlarida bayram tadbiri o‘tkazildi


Ma’lumki, 1991 yil 6 sentyabr sanasi — Vatanimiz mustaqillik solnomasiga unutilmas kun bo‘lib muhrlandi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1992 yil 14 yanvar kuni esa mustaqil davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.Yurtboshimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan mazkur hujjat-mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan va mintaqada kelib chiqayotgan xavf-xatarlarni har tomonlama tahlil etish asosida, armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqilishiga keng yo‘l ochdi. 
Shu bois, har yili 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami sifatida mamlakatimiz bo‘ylab katta tantana qilinadi. 2020 yil 10 yanvar kuni Urganch davlat universiteti  Pedagogika, san’atshunoslik va tabiiy fanlar fakultetlarida  bayram tadbiri o‘tkazildi.  Tadbir juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Ulashish