Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Seminar-training


UrDU o'qituvchilari uchun xorijiy ekspert ishtirokida trening tashkil etildi.Bugun, 23-oktabr sanasida Urganch davlat universiteti  Xorijiy filologiya  fakulteti professor-o’qituvchi va doktorantlariga Nukus davlat pedagogika institutida ishlayotgan  AQSH Elchixonasi, Toshkent ELF (English  Language Fellow) dasturi bo'yicha  professor Djuzeppe Kyarmonte tomonidan “XXI asr ta’lim berish: zamonaviy yondashuv va metodlar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” bo'yicha seminar-treining o'tkazildi. Seminar-treningda professor-o'qituvchilari qatnashdi. Unda Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti D.Mamirbayeva va Urganch davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti  F.Masharipovalar yetakchi moderatorlik qilishdi. Trening davomida darsni samarali rejalashtirish, darsning SMART maqsadlariga erishish WEBB's DOK  nazariyalarini amaliy mashg'ulotlar orqali tushuntirib berildi.

Ulashish