Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga koʻra, oktabr oyining 1-haftasi mamlakatimizda siyosiy qatagʻonlarni yod etish haftaligi deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan UrDU tuzilmasidagi "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyida  "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.


Bugun, 3-oktabr  muzeyga Xorazm viloyati IIV litseyi Tarix fani oʻqituvchisi Elyorbek Matyoqubov boshchiligida bir guruh oʻquvchilar, Xorazm viloyati "Nuroniylar jamiyati"dan  otaxon-onaxonlarimiz, Urganch tuman kutubxonasi xodimlari, Urganch tuman hokimiyati xodimlari, Urganch shahar IIB xodimlari, TTAUF Xorijiy guruhning 1-kurs talabalari tashrifi boʻlib oʻtdi. Mustaqilligimiz uchun kurashgan, nohaq ayblangan jadidlar, qatagʻonga uchragan ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi. 

Tashrif davomida muzey oldida mustabid sovet rejimi davri siyosiy qatag‘onlari tarixiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma, muzey boʻylab ekskursiya, davra suhbatlari boʻlib oʻtdi.

Ulashish