Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Tarixiy xotira beqiyos” nomli kitobning I va II jildlari nashrdan chiqarildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-sonli Farmoyishi hamda 2023-yil 31-avgust kuni “Shahidlar xotirasi” xiyobonida berilgan konseptual fikrlar va topshiriqlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2023-yil 11-sentabrdagi 40-F-sonli farmoyishi asosida soha mutaxassislari, tarixchi olimlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida ularning ilmiy faoliyatlari natijasida O‘zR VM Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda “Tarixiy xotira beqiyos” nomli kitobining 1- va 2- jildlari nashrdan chiqarildi.

⚡️Shuningdek, ushbu ishchi guruhi a'zolarining ilmiy va uslubiy yordamlari bilan “O‘zbekiston prokuraturasi tarixi” muzeyi yangi ekspozitsiyasi yaratildi, kutubxona tashkil etildi.  

⚡️ Mazkur ishchi guruh a′zosi, Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatagon qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori Yulduzxon Rahmonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2024-yil 5-dekabrdagi buyrug‘iga asosan, "O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil" esdalik nishoni bilan mukofotlandi. Mukofot 2024-yil 7-dekabr kuni tantanali ravishda topshirildi.

Ulashish