Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida "Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda birgalikda kurashamiz" shiori ostida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


2020 yil 16 yanvar kuni Urganch davlat universitetida O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni munosabati bilan "Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda birgalikda kurashamiz" shiori ostida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.  Bunda Xorazm Viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasining Xuquqbuzarliklar va  jinoyatchiliklarni oldini olish bo‘limi boshlig‘i polkovnik Sardor Qabulovich Raximov, Hotin-qizlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari D.Bag‘ibekova, kapitan E.Atajonov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabrdagi yurtimizdagi yosh raxbarlar bilan uchrashuvidagi ma’ruzalarining mazmun mohiyati aytib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-sonli Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori mazmun mohiyati tushuntirildi. Uchrashuvda faol  talabalar tomonidan savol-javoblar berildi. Savollarga to‘liq va aniq javoblar olishdi.

Ulashish