Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xotin-qizlarni oliy ta'limga jalb qilish tadbirlari olib borilmoqda


            Joriy yilning 20-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari PQ-103-sonli qaror ijrosini ta'minlash va xotin-qizlarni oliy ta'limda o'qishga jalb qilish maqsadida Xorazm hududlari maktablarida targ'ibot ishlarini davom qildirishdi.Xususan, Filologiya va san'at fakulteti "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari S.A.Ruzmetov va I.X.Shermatovlar Xiva tumani "Gandimiyon" MFY 32-son,  "Dashyoq" MFY 33-son  "Qattibosh" MFY 34-son, B.Q.Abdullayeva va J.I.Rahimovlar Xiva tumani "Juryon" MFY 35-son hamda "Pirnaxos" MFY 36-son umumiy o'rta ta'lim maktablarida bitiruvchi sinflarga targ'ibot ishlari olib borishdi.

 

 Uchrashuvda quyidagi masalalar bo'yicha tafsilotlar berildi:

???? universitetda mavjud fakultet va yo'nalishlar;

????sifatli texnik ta'minotga ega laboratoriya xonalarining mavjudligi;

????dars mashg'ulotlarini tajribali, yuqori salohiyatli professor-o'qituvchilar olib borishi;

????ta'lim olish bilan birga ishlash imkoniyati;

????Imtiyozli stipendiyalarga ega bo'lish imkoniyati;

????xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan xalqaro loyihalarda hamkorlikka egalik va boshqa masalar.

 

Ulashish