Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Mo'ynoqda


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi № 05/1-3651 xati bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita” si ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2020 yil 20-21 fevral kunlari Mo‘ynoq shahriga safar uyushtirildi. Unda Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Safarning eng qizg'in tamoni Mo‘ynoq shahridan 60 km uzoqlikda bo‘lgan dengizning qurigan tubi bo‘ldi. Bu erda maxsus ishchi guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, ya’ni dengizning qurugan o‘rnida o‘rmonlashtirish ishlari (saksavul ko‘chatlari va urug‘larini ekish) olib borilayotganligining guvohi bo‘lindi va bevosita bu jarayonda Urganch davlat universiteti o‘qituvchi va talabalari ham ishtirok etishdi. Ular universitet tomonidan olib kelingan saksovul urug‘ va ko‘chatlarini ekishib, maxsus ishchi guruhga yordamlashishdi. Keyin esa ishchi guruhlar joylashgan shtabga yo‘l olindi. Bu erda Oliy Majlis Parlamentinig Orolga madad ekologik aktsiyasi bo‘yicha katta tadbir o‘tkazilib, unda bevosita UrDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishdi. Shuningdek universitet tomonidan ishchilar uchun yordam tariqasida tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari (gurunch, kartoshka, piyoz, o‘simlik moyi va h.k) saksovul urug‘ va ko‘chatlari (6000 tup ko‘chat va 2 qop urug‘) tashkilotchilarga (Mo‘ynoq shahar xokimligiga) taqdim etildi.

Shu ikki kunlik sayyohat barchaning qalbida chuqur iz qoldirgani shubxasiz.

Ulashish