Close
Skip to main content


Yoshlarni eshitamiz: Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev UrDUda


Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib,  “Yoshlarni eshitamiz” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Mazkur uchrashuvda Agentlik direktori yoshlar bilan bevosita suhbatlashib, ularni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar, ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni yaqindan o‘rgandi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim fikrlarini bildirdi. Muloqot davomida yigit-qizlarning maqsad va rejalari tinglanib, tashabbuslarini hayotga tatbiq etish borasida o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturlari asosida xorijda tahsil olgan hamda xorijda o'qish niyati bo'lgan yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib,  takliflari muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini rag‘batlantirish e’tibor markazida boʻldi.

Ulashish