Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan nufuzli Islom Fanlar universitetining rektori Sharifudin Shaarani va universitetning Muhandislik va atrof-muhit meʼmorligi fakulteti dekani Nurul Syala bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki oliygoh o'rtasida muhandislik, turizm, xorijiy filologiya yo’nalishlarida talabalar almashivuni amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Yakunda universitetimiz rektori Feruza Madrahimova Islom Fanlar universiteti muzeyining Mehmonlar uchun maxsus kitobiga oliygoh rivojiga muvaffaqiyat tilaklarini yozib qo’ydi.



