Close
Skip to main content


Ozarbayjon OTMlari bilan hamkorlik aloqalari kengaytiriladi


Bugun Urganch davlat universitetiga“BZT-Turon” akademiyasi prezidenti, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi katta ilmiy xodimi, Dublin universitetining Ozarbayjon bo‘yicha rektori Farahila Shukurova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi.

Muzokaralar chog‘ida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Urganch davlat universiteti hamda Ozarbayjonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari o‘rtasida aloqalar geografiyasini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro loyihalarda hamkorlik qilish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.









Ulashish