Close
Skip to main content


UrDUda yakuniy nazorat jarayonlari boshlandi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026-yil 11-may sanasidan 2025/2026 o‘quv yili bahorgi semestri yakunlari bo‘yicha barcha fanlardan yakuniy nazoratlar belgilangan grafik asosida tashkil etilmoqda. Imtihonlar test, yozma va amaliy shaklda o'tkazilmoqda.

Jarayonlarning shaffof, adolatli va tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli tuzilmalar tomonidan qat’iy nazorat yo‘lga qo‘yilgan. Nazoratlar belgilangan auditoriyalarda, zarur texnik vositalar va ovozli video-kuzatuv kameralar nazorati ostida bo'lib o'tmoqda.

Imtihonlar davomida belgilangan grafik asosida biriktirilgan komissiya a’zolari, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

Ulashish