Close
Skip to main content


Bolgariyaning Varna menejment universiteti bilan memorandum imzolandi


Bugun xalqaro "QUARTZ" loyihasi doirasida Bolgariyaning Varna menejment universiteti vitse-prezidenti Vanina Valcheva hamda Xalqarolashtirish va global hamkorlik bo‘yicha direktori Christina Armutliyeva universitetga tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektor A.Atamurotov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Sotiboldiyev hamda tegishli mas’ullar uchrashdilar. Uchrashuv davomida Urganch davlat universiteti va Varna menejment universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Jumladan, qo‘shma ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa xalqaro tadbirlarni tashkil etish, universitetlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarida hamkorlik qilish, ilmiy maqola va nashrlarni o‘zaro chop etish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Shuningdek, ushbu memorandum professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar uchun akademik mobillik almashinuvi, malaka oshirish va ilmiy-amaliy stajirovkalarni tashkil etish imkoniyatlarini ham yaratadi.












 



Ulashish