Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “60611100 – Infokommunikatsiya injiniringi” hamda “60712100 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish yuzasidan TSTMA bosh inspektori Nuriddin Ubaydullayev hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar Baxtiyor Akmuradov, Isroil Yuldoshev, Azamat Abdymomunov oliygohga tashrif buyurdi. Hindistonlik ekspert Kirti Seth onlayn ishtirok etdi.
Dastlab ekspert komissiya a'zolari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G.Raximov tomonidan taqdimot asosida oliygoh faoliyati, mavjud ta’lim muhiti, ilmiy salohiyat, moddiy-texnik baza hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati, ularning universitet strategik rivojlanish yo‘nalishlariga uyg‘unligi, mehnat bozori talablariga mosligi hamda kelgusidagi istiqbollari haqida tegishli kafedra mudirlari tomonidan taqdimot qilindi. Ekspertlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar atroflicha muhokama qilindi, savol-javoblar bo’ldi.
Jarayon davomida ekspertlar tomonidan ish beruvchilar bilan ham onlayn muloqot qilindi. Unda yangi ta’lim yo‘nalishlarining bugungi mehnat bozori uchun dolzarbligi, soha ehtiyojlari, zamonaviy mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar hamda bitiruvchilardan kutilayotgan kasbiy kompetensiyalar yuzasidan fikr almashildi.
Jarayonlar davom etmoqda.

.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
