Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida bitiruvchilar va ish beruvchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Bugun Urganch davlat universitetida Fizika-matematika, Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring fakultetlari bitiruvchi talabalari ishtirokida ish beruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda UrDU Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Ollaberganov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Xorazm viloyati bo‘limi bosh inspektori X.Rajabova, “Logapet city” asoschisi M.Karimov, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi S.Qurbanniyozov hamda Milliy bank bosh boshqarmasining “Kelajakka qadam” bo‘limi mas’ul xodimi U.Polvonov ishtirok etdilar.

Muloqot davomida ish beruvchilar tomonidan bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, yaratilayotgan ijtimoiy sharoitlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi zamonaviy mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyiladigan talablar haqida atroflicha so'z yuritildi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.