Bugun “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining 7 ta sport turi bo‘yicha final bosqichi start oldi.
Mazkur nufuzli sport bellashuvlarida Urganch davlat universitetining sportchi talabalari ham munosib ishtirok etmoqda. Musobaqaning ilk kunidayoq Yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda universitetimiz vakillari yuqori natijalarni qayd etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
Talabalarimiz 4 ta Oltin medal, 4 ta Kumush medalni qo‘lga kiritib, Urganch davlat universiteti sharafini munosib himoya qildilar.
Sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va ularga navbatdagi bahslarda ham zafarlar tilaymiz!

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)