Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Oliy ta'lim muassasalarida murabbiylik faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-uslubiy asoslari” mavzusida ZOOM dasturi orqali videokonferensiya bo'lib o`tdi


2020-yil 14-iyul kuni Urganch davlat universitetida “Oliy ta'lim muassasalarida murabbiylik faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-uslubiy asoslari” mavzusida ZOOM dasturi orqali videokonferensiya bo'lib o`tdi. Guruh murabbiylari uchun tashkil etilgan seminar-treningda qator dolzarb masalalar yuzasidan ma'ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Xususan, UrDU Yoshlar bilan ishlar bo‘yicha prorektor S.Davletov “Murabbiylik faoliyatini tizimli tashkil etish masalalari”, Urganch davlat universiteti Bosh yuristkonsulti Sh.Atayev “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati va uning ijrosi”, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv mahorati” kaferasi dotsenti, Pedagogika fanlari nomzodi Sh.Ismoilova “Ustoz-shogird tizimida yosh murabbiylar uchun uslubiy tavsiyalar” hamda Urganch davlat universiteti amaliyotchi psixologi M.Sultonova “Yoshlar bilan ishlashning ilmiy-psixologik asoslari” mavzusida so‘zga chiqib, bu boradagi o‘zlarining bilim va tajribalarini guruh murabbiylari bilan o‘rtoqlashib, fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirdilar.

Ulashish