Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Korruptsiyaga va poraxoʼrlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida uchrashuv boʼlib oʼtdi


Urganch davlat universitetida ZOOM dasturi orqali “Korruptsiyaga va poraxoʼrlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Tadbirni Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori S.R.Davletov ochib berib, uchrashuv ishtirokchilariga oʼz minnatdorchiligini bildirdi. Tadbir mehmonlari Xorazm viloyati Аdliya boshqarmasi masʼul hodimi K.Matkarimovning “Korruptsiyaga qarshi kurash haqidagi Qonunning mazmun-mohiyati”, Oʼzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi, senator F.Saʼdullaevaning “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish”, Urganch shahar bosh imom oʼrinbosari H.Аtajonovning “Islom shariati hamda mamlakat qonunlarida korruptsiya va poraxoʼrlik illatini qoralanishi”, Qonuniylikni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʼyicha doimiy komissiya aʼzosi, 5-Maʼrifatchi saylov okrugidan saylangan deputat, Urganch shahar 6-son umumiy oʼrta taʼlim maktabi direktori M.R.Jumaniyozovaning “Korruptsiyasiz-taʼlim”, Faxriddin ar-Roziy oʼrta maxsus islom bilim yurti mudir oʼrinbosari U.Raximovning "Korruptsiya-pora muomilasi" va UrDU Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkilot raisi Sh.Nurullaevaning “Xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari” mavzularida maʼruzalari tinglandi. Konferensiya UrDU professor-oʼqituvchilari va mehmonlar tomonidan ilgari surilgan teran fikr-mulohazalarga boy va mazmunli boʼlib oʼtdi

Ulashish