Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



AQSh Elchixonasi bilan xamkorlikda Xalkaro ingliz tilini o‘qitishning STEM/STEAM ta’limiga tatbiqi mavzusida ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi


2020 yil 26 avgust kuni Urganch Davlat Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti, Xorazm Ma’mun Akademiyasi, AQSh Elchixonasi bilan xamkorlikda Xalkaro ingliz tilini o‘qitishning STEM/STEAM ta’limiga tatbiqi mavzusida ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Urganch Davlat Universiteti O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori S.Xo‘janiyozov, Xorazm Ma’mun Akademiyasi raisi prof. I.Abdullaev, AQSh Elchixonasi CAO Joanne Kramb, ELF Mina Gavell, Shannon Roach, Josh Gaston, Graham Derry va Vashington Amerika Universiteti professori Michael Brody, Texas Shtati Collin College professori Kay Mizell va xususan Vestministr Xalkaro Universiteti professori Erkin Muxammedov, Toshkent Davlat Texnika Universiteti professori Lola Gulyamova, UrDU Xorijiy filologiya fakulteti ukituvchisi F.Masharipovalar o‘zlarining dolzarb mavzulari bilan taqdimotlar kilishdi. Shuni aytib o‘tish joizki, konferensiyada “Breakout session” lar interaktiv uslubda olib borildi va qizg‘in diskussiyalar bo‘lib o‘tdi

Ulashish